Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor
2026-06-30 14:55:00 / Yangiliklar

🎉 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda uning tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🗣 Tadbirda Agentlik direktori Akmal Jumanazarov so‘zga chiqib, tizimda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va mutaxassislar yutuqlari, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni oshirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldi. Qayd etilishicha, bugungi kunda Agentlik va Institutda 68 nafar PhD mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
🏅 Tadbir davomida yosh mutaxassislarning xalqaro yutuqlari alohida e’tirof etildi. Xususan, Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan “MDHning eng yaxshi yosh metrologi” xalqaro tanlovi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari faol ishtirok etdi.
🌐 Shuningdek, 24-iyun kuni SMIIC Metrologiya kengashi doirasida tebranish datchiklari va o‘lchash vositalarini kalibrlash mavzusida xalqaro onlayn trening tashkil etildi.
🥇 Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan ta’sis etilgan “Eng yaxshi metrolog” mukofoti g‘oliblari safida O‘zbekiston vakillari ham munosib o‘rin egalladi.
👥 Tadbirda Agentlik rahbariyati, yosh mutaxassislar, tizim tashkilotlari vakillari hamda hududiy filiallar onlayn ishtirok etdi. Mehmon sifatida esa aktyor Umid Iskandarov yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.
🚀 Yakunda ta’kidlanganidek, Agentlik tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash ishlari izchil davom ettiriladi.



