Nazorat tadbirlari amalda
2026-06-26 11:55:00 / Yangiliklar

🏗️ Namangan viloyatida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida qurilish ob’yektlariga, jumladan maktablar qurilishi uchun yetkazib berilgan standart talablariga javob bermaydigan ko‘p bo‘shliqli ora-yopma temir-beton plitalar (PK) aniqlandi.
🔗 Mazkur mahsulotlar belgilangan tartibda Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasining Namangan viloyati bo‘limi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Namangan viloyati boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida utilizatsiya qilindi.
🔍 O‘rganishlar davomida plitalarda antiseysmik kamarlarga, karkas yoki devor elementlariga ulash uchun mo‘ljallangan armatura sterjenlari mavjud emasligi, shuningdek, ularning yuzalarida yoriqlar borligi aniqlandi. Bu holatlar mahsulotlarning amaldagi standart talablariga nomuvofiqligini ko‘rsatdi.
📋 Holat yuzasidan temir-beton plitalar ishlab chiqaruvchisiga kelgusida standart talablariga qat’iy rioya qilgan holda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi hamda taqdimnomalar kiritildi.


