Surxondaryoda sifatsiz qurilish mahsulotlari ishlab chiqarilganligi aniqlandi
2026-06-26 10:35:00 / Yangiliklar

📌Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida temir beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “SSS” XKda (nomi o‘zgartirilgan) o‘tkazilgan davlat nazorati davomida sifati kafolatlanmagan va nostandart mahsulotlar ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
✅ Viloyat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar tegishli tartibda tamg‘alanmagani, davriy sinovlardan o‘tkazilmagani hamda sifat guvohnomasi rasmiylashtirilmasdan savdoga chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.
📚 Mutaxassislar qayd etishicha, mazkur holatda “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi hamda “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunning 16–20-moddalari talablari buzilgan.
⚖️ Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan korxona rahbariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborildi.
🔵 Shuningdek, korxonaga standart talablariga nomuvofiq mahsulotlarni savdodan qaytarib olish va utilizatsiya qilish bo‘yicha ko'rsatmalar berildi.

