Sport kuni doirasida futbol musobaqasi tashkil etildi
2026-06-14 10:55:00 / Yangiliklar

⚽️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, aholining, ayniqsa davlat tashkilotlari xodimlarining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida “Sport kuni” tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Agentlikning 2026-yil 8-iyundagi 50-son buyrug‘iga muvofiq, har hafta juma kuni “Sport kuni” etib belgilangan bo‘lib, navbatdagi sport tadbiri doirasida Agentlik direktori A. Jumanazarov boshchiligida Agentlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
👟 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro do‘stona va murosasiz bahslarda maydonga tushib, jismoniy chiniqish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Sport uchrashuvlari xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, korporativ birdamlikni kuchaytirish va ijobiy kayfiyatni shakllantirishga xizmat qildi.
Agentlikda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan bunday tadbirlar muntazam davom ettiriladi. Zero, sog‘lom va jismonan faol jamoa — samarali mehnat va yuqori natijalarning muhim omilidir.
Sog‘lom turmush tarzi — yuksak samaradorlik garovi!


