Qo‘qonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-02-20 15:55:00 / Yangiliklar

Texnik tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari Qo‘qon filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda mas’ullar tomonidan qonun buzilish holatlarining oldini olish va xizmat faoliyatida halollikni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida xodimlarga xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik tamoyillariga amal qilish zarurligi eslatib o‘tildi.


