Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi
2026-02-18 17:00:00 / Yangiliklar

Qarorga ko'ra, Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishning 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksida O'zbekiston Respublikasi o'rnini kamiida 20 pog'onaga ko'tarish;
🔹 Xalqaro tarozi va o'lchovlar byurosi tomonidan e'tirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari sonini 2,5 barobarga oshirish;
🔹 xalqaro darajada tan olingan akkreditasiya xizmatlari ulushini kamida 80 foizga yetkazish.
Shuningdek, O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O'zbekiston akkreditasiya markazi Vazirlar Mahkamasi bo'ysunuviga o'tkaziladi.
O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyati to'xtatiladi hamda uning tarkibidagi muvofiqlikni baholash organlari tugatiladi.
O'zbekiston standartlar instituti unga O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qo'shib olish orqali qayta tashkil etiladi.
