Taqiqlangan ro'yxat
WADA saytida 2027-yil uchun taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxatining o‘zbek tilidagi varianti joylashtirildi
O‘zbek tilidagi antidoping materiallarini xalqaro maydonda kengaytirish yo‘lida yana bir muhim qadam!
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxatining O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan tayyorlangan o‘zbek tilidagi varianti WADA rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
Alohida ta’kidlash joizki, shu vaqtga qadar mazkur hujjatning WADA rasmiy veb-saytida ingliz va frantsuz tillaridagi variantlari mavjud edi. Endi esa antidoping sohasidagi muhim hujjatlardan biri o‘zbek tilida ham xalqaro foydalanuvchilar uchun taqdim etildi.
Shuningdek, bundan avval 8 ta WADA xalqaro standartining o‘zbek tilidagi variantlari ham tayyorlanib, joylashtirilgan edi.
2027-yil uchun Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati:
🔹 O‘zbek tilida
🔹 Ingliz tilida
-----------------
Taqiqlangan ro'yxat-2027 (O'zbek tilidagi varianti tez orada taqdim etiladi)
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) WADA Ijroiya qo'mitasi (ExCo) tomonidan 2026-yil 10-sentabrdagi yig'ilishida ma'qullangan va 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan 2027-yil uchun taqiqlangan moddalar va usullar ro'yxatini e'lon qildi.
Taqiqlangan ro’yxat bilan birgalikda quyidagilar e’lon qilindi:
• 2027-yil uchun asosiy o‘zgarishlar sarhisobi va 2026-yil ro‘yxatiga nisbatan tushuntirish yozuvlari;
• 2027-yilgi monitoring dasturi, unda ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan, ammo WADA sportda suiste’mollikning ehtimoliy shakllarini aniqlash uchun kuzatishni istaydigan moddalar mavjud. Ushbu ro‘yxat Butunjahon antidoping kodeksini imzolagan barcha tomonlar uchun majburiy bo‘lgan 91 ta xalqaro standartlardan biridir. Unda ham musobaqalar vaqtida, ham undan tashqarida qaysi moddalar va usullar taqiqlangani, shuningdek, muayyan sport turlarida qaysi moddalar taqiqlangani ko‘rsatilgan.
2027-yil uchun asosiy o‘zgarishlar
2027-yil uchun asosiy o‘zgarishlar sarhisobi va tushuntirish xatlarida ko‘rsatilganidek, 2027-yil uchun taqiqlangan moddalar ro‘yxatidagi asosiy o‘zgarishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Kirish: "Qoidabuzarlikka olib keluvchi moddalar" iborasi o‘zgartirilib, ushbu moddalarning metabolitlari mavjudligi, agar bu maqsadga muvofiq bo‘lsa, natijalarni baholash jarayonida hisobga olinishi kerakligi aniq ko‘rsatildi.
• S4. Gormonal va metabolik modulyatorlar: S4.2 bo‘limining nomi ushbu sinf moddalari uchun zamonaviy terminologiyani aks ettirish uchun kengaytirildi.
• S4. Kannabinoidlar: delta-9-tetragidrokannabinolga (D9-THK) o‘xshash kannabinoidlarning ta’siri haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlarni aks ettirish uchun o‘zgartirishlar kiritildi. Buni ko‘rsatish uchun bir nechta misollar qo‘shildi.
• S9. Glyukokortikoidlar: Ruxsat etilgan usul sifatida glyukokortikoidlarni vaginal yuborish qo‘shildi.
• P1. Beta-blokatorlar: Xalqaro federatsiyalar sport turlari haqidagi ma’lumotlari muvofiqlashtirildi.
• Umumiy ma’lumotlar: Sportchilar va ularning atrofidagilarga taqiqlangan moddalarni yaxshiroq aniqlashda yordam berish uchun quyidagi moddalar sinflariga qo‘shimcha misollar yoki tushuntirishlar kiritildi:
• S0. Tasdiqlanmagan moddalar,
• S4. Gormonal va metabolik modulyatorlar,
• S5. Diuretiklar va niqoblovchi vositalar, shuningdek
• S8. Kannabinoidlar.
Monitoring dasturiga kelsak, antidoping organlari uchun xavf tug‘dirmasligini ko‘rsatuvchi yetarli ma’lumotlar to‘planganligi sababli bir nechta moddalar olib tashlandi.
Shuni ta'kidlash kerakki, glyukagonga o'xshash peptid-1 (GLP-1) retseptorlari agonistlarining holati, shu jumladan semaglutid va tirzepatid, 2027-yilgacha ularni qabul qiladigan sportchilarga mumkin bo'lgan ta'sir haqida qo'shimcha ma'lumotlar paydo bo'lguncha o'zgarishsiz qoldirildi. GLP-1 retseptorlari agonistlari hozirda jamiyatda keng qo‘llanilayotgan moddalardir. WADA ro‘yxat bo‘yicha ekspertlar konsultativ guruhi (EAG) ularning maqomi haqidagi bir nechta muhokamalarga asos bo‘lgan barcha mavjud ilmiy adabiyotlarni o‘rganib chiqdi.
Terapevtik istisno dasturi
Ta’kidlash joizki, ro‘yxatga kiritilgan taqiqlangan modda yoki usuldan foydalanish uchun qonuniy tibbiy asosga ega bo‘lgan sportchilar Xalqaro terapevtik istisnolar standartida (ISTUE) belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash uchun terapevtik istisno (TI) ruxsati olish uchun ariza topshirishlari mumkin. TI dasturi yuqori natijalarga erishuvchi sportning qat’iy va zarur qismi bo‘lib, sportchilar, shifokorlar va dopingga qarshi kurash bilan shug‘ullanuvchi manfaatdor tomonlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanadi.
Ta’lim resurslari
Yuqorida havola qilingan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda, WADA Kodeksni tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash dasturi (CISP) doirasida ta’lim resurslarini taqdim etgan yoki taqdim etadi, ularga Antidoping ta’limi elktron platformasi (ADEL)da kirish mumkin. Ushbu resurslar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Qayta ko‘rib chiqilgan ro‘yxatni joriy etish uchun CISP nazorat ro‘yxati (hozirda mavjud).
• Sportchilar uchun qo‘llanma va sportchilar qo’llab-quvvatlovchi xodimlar uchun 2027-yil ro‘yxati bo‘yicha qo‘llanma (dekabr oyida taqdim etiladi).
Tillar va formatlar
2027-yil uchun taqiqlangan ro‘yxatning yangilangan versiyalari, o‘zgarishlarning qisqacha mazmuni va unga oid tushuntirish xatlari, shuningdek, 2027-yil uchun monitoring dasturini WADA veb-saytida ingliz va fransuz tillarida, yaqin haftalarda esa ispan tilida yuklab olish mumkin.
Ro‘yxatning mobil qurilmalarga mo‘ljallangan raqamli versiyasini 2027-yil 1-yanvardan yuklab olish mumkin bo’ladi.
Taqiqlangan ro‘yxat-2026 ga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan 2026-yilgi “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati” hamda mazkur ro‘yxatga 2026-yilda kiritilgan asosiy o‘zgarishlar sharhi o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Mazkur ro‘yxat WADA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 2025-yil 11-sentyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tasdiqlangan.
Ushbu ro‘yxat Butunjahon antidoping kodeksini imzolagan barcha mamlakatlar uchun majburiy bo‘lgan sakkizta xalqaro standartlardan biri bo‘lib, unda musobaqa hamda musobaqadan tashqari vaqtlarda, shuningdek, muayyan sport turlarida qaysi moddalar taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.
2026-yilgi ro‘yxatda qanday asosiy o‘zgarishlar bo‘lgan?
2026-yil uchun asosiy o‘zgarishlar va tushuntirish eslatmalarida ko‘rsatilganidek, 2026 yil uchun asosiy o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi:
o Sportchilarga va ularni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarga taqiqlangan moddalarni yaxshiroq aniqlashga yordam berish uchun quyidagi moddalar sinflariga qo‘shimcha misollar yoki tushuntirishlar qo‘shilgan. Xususan:
o S1. Anabolik vositalar,
o S2. Peptid gormonlari, o‘sish omillari, ularga o‘xshash moddalar va mimetiklar,
o S4. Gormon va metabolik modulyatorlar, shuningdek
o S6. Stimulyatorlar.
o Salmeterolni qabul qilish intervallari, garchi maksimal sutkalik doza saqlanib qolgan bo‘lsa-da, uni mumkin bo‘lgan ergogen taʼsirlarini oldini olish uchun o‘zgartirilgan.
o Qon va uning tarkibiy qismlarini olishni taqiqlash to‘g‘risida batafsil maʼlumot berilgan.
o Uglerod oksidi (CO)dan diagnostik bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlangan usullar ro‘yxatiga yangi M1.4 bo‘lim sifatida kiritilgan. Bunda umumiy gemoglobin massasini o‘lchash yoki o‘pkaning diffuziya qobiliyatini aniqlash kabi diagnostika maqsadida uglerod oksididan foydalanish taqiqlanmaydi.
o Hujayra tarkibiy qismlari (masalan, mitoxondriya va ribosomalar kabi yadrolar va organellalar) mavjud normal yoki genetik modifikatsiyalangan hujayralardan foydalanishni taqiqlash usuliga qo‘shilgan.
o Glyukokortikoidlarning organizmdan chiqib ketish jadvaliga, ularni uzoq muddatli qo‘llash organizmda tizimli so‘rilish tufayli tanadan chiqish davridan keyin ham glyukokortikoidlar darajasining oshishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, o‘zgarishlar kiritilgan.
