Konstitutsiya haqida

Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati!
Youtube orqali tomosha qiling:
1-video
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakatning Asosiy qonuni bo‘lib, davlat va jamiyat hayotining huquqiy asoslarini, inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlarini, davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi va faoliyatini belgilaydi.
Konstitutsiya mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy adolat va barqaror taraqqiyotni qaror toptirishning asosiy huquqiy poydevoridir.
Konstitutsiya mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy adolat va barqaror taraqqiyotni qaror toptirishning asosiy huquqiy poydevoridir.
1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida qabul qilingan.
6 bo‘lim, 26 bob, 128 ta modda, 275 ta konstitutsiyaviy norma
2023 yil 30 aprelda umumxalq referendumida qabul qilingan va 1 maydan kuchga kirgan.
6 bo‘lim, 27 bob, 155 ta modda, 434 ta konstitutsiyaviy normadan iborat.
Yangi tahrirda Konstitutsiyaning moddalari 128 tadan 155 taga, konstitutsiyaviy normalar esa 275 tadan 434 taga yetdi. Ya’ni Asosiy qonunning mazmuni va qamrovi sezilarli darajada kengaydi.