Toyloq olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazida dopingga qarshi kurash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
2026-09-15 11:25:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyatidagi sport taʼlim muassasalarida tashkil etilayotgan navbatdagi seminar-trening Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazildi.
Tadbirda sportchi o‘quvchilar, murabbiylar va masʼul xodimlar ishtirok etib, antidoping qoidalari, sportchilarning huquq va majburiyatlari, taqiqlangan modda va usullar, doping nazorati jarayoni hamda dori vositalaridan foydalanishda eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan muhim maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Seminarning yana bir muhim qismi talim-uznada.uz elektron taʼlim platformasiga bag‘ishlanib, ishtirokchilarga platformadagi o‘quv modullaridan mustaqil foydalanish, bilimlarini bosqichma-bosqich oshirish va yakuniy sertifikatni qo‘lga kiritish imkoniyatlari tushuntirildi.






