Uchqo‘rg‘on tumanida arzon va sifatli maktab formalari yarmarkasi tashkil etildi
2025-08-14 14:50:00 / Yangiliklar
Yangi o‘quv yili arafasida ota-onalar uchun muhim va shirin tashvishlardan biri — farzandlarini maktab formasi va o‘quv anjomlari bilan ta’minlashdir. Shu munosabat bilan Uchqo‘rg‘on tumani markazida arzon va sifatli maktab formalari hamda o‘quv qurollari yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada taqdim etilgan mahsulotlar nafaqat narx jihatidan aholi uchun qulay, balki sifati jihatidan ham xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan qolishmaydi. Quvonarlisi shundaki, bu maktab formalari mahalliy tadbirkorlar tomonidan tikilib, ichki bozordagi ehtiyojni qondirish bilan birga, tumanimizda ish o‘rinlarini yaratishga ham hissa qo‘shmoqda.
Tadbir davomida kelgan xaridorlar uchun turli o‘lcham va fasondagi formalar, sumkalar, daftarlar, qalamlar va boshqa o‘quv anjomlari keng tanlov asosida taklif etildi.
Mazkur yarmarka orqali aholi farzandlarini yangi o‘quv yiliga sifatli, qulay va milliy ishlab chiqaruvchi mahsulotlar bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.









