Uchqo‘rg‘on tumanidagi faol ayollar bilan ochiq muloqot
2025-07-23 14:30:00 / Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova tumandagi faol ayollar, ko‘cha boshliqlari, mahalla faollari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Suhbat chog‘ida ayollarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish, oilaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha fikr va takliflar tinglandi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bank vakillari ishtirokida uy-joyga muhtoj ayollar uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bir qator xonadonlarga kirib, oila muhitidagi ijobiy tajribalar o‘rganildi.
Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi ham tashkil etilib, ishsiz ayollarga ish o‘rinlari, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
Bu kabi uchrashuvlar ayollarni yanada faollikka undash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim qadamlardan biridir.









