O‘zbek ayoli — burchini ham, yukini ham sidqidildan ko‘taradi.
2025-06-30 09:45:00 / Yangiliklar
Sholdirama mahallasida istiqomat qiluvchi Manzuraxon Muminova ana shunday barkamol ayollardan.

U bir necha yillardan buyon kasanachilik bilan shug‘ullanib, o‘zi tikadigan ko‘rpacha, to‘shak, yostiq va gilamchalar orqali nafaqat ro‘zg‘orini, balki mahallasining yuzini ham nurli qildi.
E’tiborlisi, Zarifaxon opa mahalladagi 10 nafar xotin-qizga ham ushbu hunarni o‘rgatib, ularning bandligini ta’minlagan.
U o‘zbek ayolining iffatli va mehnatsevar qiyofasini namoyon qilgan:
mehribon ona, sahiy qo‘shni, tadbirkor ayol.
Bunday insonlar bor ekan, mahalla rivoji to‘xtamaydi.









