Uchqo‘rg‘onda Golubika pishib yetildi
2025-06-16 09:45:00 / Yangiliklar
Uchqo‘rg‘on tumani Istiqlol mahallasida tadbirkor Tolibjon Holmatov tomonidan ekoturizm va agrar sohani uyg‘unlashtirgan yangi yo‘nalishda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Belorussiya, Serbiya va Polsha davlatlaridan olib kelingan noyob “Golubika” (blueberry) navli “Yagoda” rezavor mevalari hozirda O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilib, parvarishlanmoqda. Bugungi kunda mazkur plantatsiyada 6000 dona 2-3 yoshli hamda 300 dona 5-6 yoshli ko‘chatlar yetishtirilmoqda. Qiziqarlisi, ushbu ko‘chatlar 3 yoshdan to‘liq meva berishni boshlaydi.
Ayni paytda “golubika” pishib yetildi. Bu jarayon nafaqat agrar sohadagi mutaxassislar, balki turistlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ma’lumot uchun: “Golubika” mevasi dunyo bozorida juda qimmatbaho sanalib, 1 kg narxi 50–70 AQSH dollarini tashkil etadi. Uning dorivor xususiyatlari va yuksak eksport salohiyati uni kelajakdagi istiqbolli mevaga aylantirmoqda.









