Sobiq shoshilinch tez tibbiy yordam binosida ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda
2025-05-30 14:50:00 / Yangiliklar
Uchqo‘rg‘on tumani hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, sobiq shoshilinch tez tibbiy yordam binosida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Ushbu binoga kardiologiya, nevrologiya, ichki kasalliklar, ginekologiya, lor, ko‘z kasalliklari bo‘limlarini joylashtirish rejalashtirilgan. Bunday kompleks tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






