«YAŞIL MAKON» — OBODLIK VA KELAJAK UÇUN EKILGAN NIHOLLAR!
2026-11-12 14:55:00 / Yangiliklar
Uçqörğon tumanida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirlari kötarinki ruhda davom etmoqda.

Ayni kunlarda Ibn Sino köçasi zamonaviy xizmat va turizm köçasiga aylantirilmoqda. Uşbu hududda keng kölamli bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari olib borilayotgan bir paytda köçaga özgaça çiroy bağişlaş, yaşil hududlarni kengaytiriş maqsadida manzarali, uzoq yillar davomida yaşaydigan daraxt köçatlari ekildi.
Köçat ekiş tadbirida tuman rahbarlari, imom-xatiblar, nuroniylar, mahalla yettiligi a’zolari, yoşlar hamda mas’ul taşkilotlar vakillari faol iştirok etdilar.
Zero, bunyodkorlik işlari olib borilayotgan har bir maskanda tabiat ham yaşnaşi, yaşil hududlar köpayişi, atrof-muhit yanada obod bölişi kerak.
Bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunning yaşilligi, gözalligi va kelajak avlodga qoldiriladigan bebaho merosdir!









