Tunda insonlar qoladigan maskanlarda maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi
2026-11-16 18:55:00 / Yangiliklar

Öquv maşqining asosiy maqsadi tungi vaqtda insonlar böladigan maskanlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda holatlarda öquvçilar, murabbiylar hamda mas’ul xodimlarning töğri harakatlaniş könikmalarini şakllantiriş, şuningdek, hamkorlikdagi xizmatlarning özaro muvofiqlaşgan faoliyatini yanada mustahkamlaşdan iborat böldi.
Maşq davomida şartli ravişda zilzila sodir bölişi bilan boğliq vaziyat yuzaga keltirilib, öquvçi va murabbiylarga zilzila vaqtida hamda undan keyin qanday harakatlaniş, bino içida xavfsiz joylarni tanlaş, vahimaga berilmaslik, zinapoyalardan belgilangan tartibda foydalaniş va binoni xavfsiz hududga tark etiş qoidalari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, iştirokçilarga favqulodda vaziyat sodir bölganda jabrlanganlarga birinçi yordam körsatiş, mas’ul xodimlarga zudlik bilan xabar beriş, evakuatsiya jarayonida tartib-intizomga rioya qiliş hamda belgilangan yiğiliş joyiga töplaniş tartiblari tuşuntirildi. Berilgan nazariy bilimlar amaliy maşğulotlar orqali mustahkamlanib, öquvçilar va murabbiylarning favqulodda vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş könikmalari sinovdan ötkazildi.
Öquv maşqi jarayonida tuman hamkorlikdagi xizmatlari tomonidan şartli favqulodda vaziyatga muvofiq belgilangan vazifalar bajarilib, kuç va vositalarning şayligi, tezkor harakatlanişi hamda özaro hamkorlikdagi faoliyati amaliy jihatdan namoyiş etildi.
Bunday maxsus-taktik öquv maşqlarini ötkazişdan asosiy maqsad — favqulodda vaziyatlarda insonlar hayoti va soğliğini muhofaza qiliş, talafotlarning oldini oliş, aholi hamda mas’ul xodimlarning tayyorgarligini oşiriş va xavfsizlik madaniyatini şakllantirişdan iboratdir.






