UÇQÖRĞONDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MEHNAT MUHITINI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA ÖQUV KURSLARI DAVOM ETMOQDA!
2026-11-11 09:55:00 / Yangiliklar

Tört kun davomida taşkil etilayotgan öquv maşğulotlari jarayonida iştirokçilar mehnat munosabatlarida gender tengligini taʼminlaş, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, iş joylarida tazyiq va zöravonlik holatlariga yöl qöymaslik böyiça zarur bilim va amaliy könikmalarni egallamoqdalar.
Maşğulotlarda hayotiy misollar, interaktiv usullar va amaliy topşiriqlardan foydalanilib, har bir iştirokçining mavzuga doir masʼuliyati va bilimlarini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Taʼkidlaş joizki, bunday öquvlarning taşkil etilişi nafaqat xodimlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, balki jamoalarda özaro hurmat, işonç va soğlom psixologik muhitni qaror toptirişga ham xizmat qiladi.
Zero, har bir inson öz iş joyida özini xavfsiz his qilişi, qadr-qimmati hurmat qilinişi va mehnati munosib eʼtirof etilişi lozim.





