PAXTACHILIKDA YANGI BOSQICH: HOSILDORLIK OSHMOQDA, VAQT YO‘QOTILMAYAPTI
2026-10-08 10:55:00 / Yangiliklar

Xususan, Xitoy texnologiyasi asosida ekish, tomchilatib sug‘orish tizimlari, plyonka ostiga ekish usullari qo‘llanilib, agrotexnik tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Paxtazorlarda dronlar yordamida defoliatsiya ishlari amalga oshirilib, mehnat unumdorligi yanada oshirildi.
E’tiborlisi, bundan 4-5 yil avval 35-40 syentnerlik hosil katta yutuq sifatida baholangan bo‘lsa, bugungi kunda 60-70 syentner hosildorlik ko‘plab fermerlar uchun odatiy ko‘rsatkichga aylanib bormoqda. Bu esa ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy agrotexnologiyalarning amaldagi samarasidir.
Ayni paytda tumanda paxta terimi qizg‘in pallaga kirgan. Hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish maqsadida zamonaviy paxta terish mashinalaridan keng foydalanilmoqda.
Eng muhimi, vaqtdan unumli foydalanilmoqda. Paxtadan bo‘shagan maydonlarga peshma-pesh g‘alla ekish ishlari olib borilmoqda. Bu esa yerdan samarali foydalanish, kelgusi yil hosili uchun mustahkam zamin yaratish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uchqo‘rg‘onda dehqonchilik endi faqat mehnat emas, balki ilm, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalarga tayangan taraqqiyot yo‘liga aylanmoqda.






