TA’LIM VA TARBIYADA INNOVASION YONDASHUVLAR MUHOKAMA QILINDI
2026-10-07 10:55:00 / Yangiliklar

Seminar davomida maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, bolalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovasion usullarni qo‘llash hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga amaliy mashg‘ulotlar, ochiq darslar va ilg‘or tajribalar namoyish etildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida interaktiv usullardan foydalanish, bolalarning qiziqishi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovasion yondashuvlarni keng joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.





