XALQ MUROJAATI — AMALIY YeCHIMLAR SARI
2026-10-06 14:55:00 / Shaxsiy qabul

Bugun, 6 oktyabr kuni tuman hokimi Dilshodbek Mirxanovning Xalq qabulxonasida o‘tkazgan navbatdagi shaxsiy qabuli ham ana shu ezgu tamoyilning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy ta’minoti, bola puli hamda gaz balloni bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha jami 5 ta murojaat bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Eng muhimi, murojaatlar shunchaki qayd etilib qolmay, ularning ijrosi belgilangan muddatlarda ta’minlanishi uchun tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda nazoratga olindi.
Xalq bilan doimiy muloqot, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish Uchqo‘rg‘onda ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Zero, har bir hal etilgan murojaat — inson manfaati, aholi roziligi va hudud taraqqiyoti yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.


