Uchqo‘rg‘onda yurak salomatligi — e’tibor markazida
2026-10-06 13:55:00 / Yangiliklar
Uchqo‘rg‘on tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi vakillariga tibbiy yordam ko‘rsatish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda poytaxtdan tashrif buyurgan malakali kardioxirurglar jamoasi tomonidan aholi uchun yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha bepul tibbiy ko‘rik, koronarografiya tekshiruvlari hamda zarur holatlarda operatsiyalar o‘tkazilmoqda.
Eng muhimi, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati cheklangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Inson salomatligi — eng ulug‘ qadriyat. Bunday ezgu tashabbuslar aholiga sifatli tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.



