KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DOIMIY NAZORATDA
2026-10-06 14:55:00 / Yangiliklar
Uchqo‘rg‘on tumanida kuz-qish mavsumini betalofat va barqaror o‘tkazishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda.

Tuman hududidagi tashkilot va muassasalarda mas’ullardan iborat ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari doimiy nazoratga olingan.
Ayni paytda isitish tizimlari, mavjud infratuzilma, elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Asosiy maqsad — qish mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda tashkilotlarda barqaror va qulay sharoitni ta’minlash.
Tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida tizimli ravishda va qat’iy nazorat ostida davom ettiriladi.






