Har kunimiz 5 ming qadam bilan boshlansin!
2026-10-06 08:55:00 / Yangiliklar
Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkilot va muassasalarda erta tongdan 5 ming qadam marafonlari yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.

Bugun ham Uchqo‘rg‘on 1-sonli texnikumida ish kuni ko‘tarinki ruh va sog‘lom kayfiyat bilan boshlandi. Pedagog va xodimlar 5 ming qadam marafonida faol ishtirok etib, jismoniy faollik orqali kunni samarali boshlashdi.
Bunday tashabbuslar nafaqat inson salomatligini mustahkamlash, balki jamoada sog‘lom muhit va ijobiy kayfiyatni shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.
Sog‘lom inson — sog‘lom jamiyat poydevori!






