BUGUN TUNDA «TASHABBUSLI BYUDJET»DA OVOZ BERISH BOSHLANADI
2026-08-21 23:55:00 / E'lonlar
🕛 Bugun, 21 avgust soat 23:59 da «Tashabbusli byudjet»ning 2026 yil 2-mavsumi doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish boshlanadi.

📊 Ushbu mavsumda fuqarolar tomonidan jami 23 551 ta loyiha ilgari surilgan. Shundan 20 254 tasi ishchi komissiyalar tomonidan ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan.
⚠️ Biroq Farg‘ona shahrida ovoz berish vaqtincha cheklanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, shaharda ayrim loyihalar ishchi komissiya tomonidan asossiz rad etilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu holat bo‘yicha loyihalarni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan. Ammo Farg‘ona shahri ishchi komissiyasi tomonidan loyihalarni qayta ko‘rib chiqish ta’minlanmagan.
❗️Shu sababli, loyihalar amaldagi mezonlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqilmaguncha, Farg‘ona shahrida ovoz berish bosqichi vaqtincha cheklanadi.
