Murojaat joyida o‘rganildi
2026-02-05 10:50:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Uchqo‘rg‘on tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Navbahor mahallasiga tashrif buyurib, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida o‘rganildi.
Mas’ul tashkilot va idora rahbarlariga har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, belgilangan muddatlarda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.
Bunday uchrashuvlar aholi dardini eshitish, muammolarni tezkor hal etish hamda mahallalarda turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Uchqo‘rg‘on tumanida aholi bilan bevosita muloqot qilish va murojaatlarni joyida hal etish ishlari izchil davom ettiriladi.





