Mahallalar obodligi — inson taqdiridagi islohotlar samarasi
2026-02-04 13:45:00 / Yangiliklar
Muhtaram Prezidentimizning e’tiborlari tufayli Uchqo‘rg‘on tumanidan tanlab olingan “Yog‘du”, "Birllik" va "Paxtachi" mahallalarida obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Buning uchun mazkur hududlarga 3 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilgan.

Yurtboshimiz rahbarliklarida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida ana shu yangi loyihalarni xalq bilan bahamjihatlikda amalga oshirish topshiriqlari berildi.
Bugun tuman hokimi birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh ushbu mahallalar aholisi bilan uchrashib, asosiy muammolar haqida maslahatlashildi, taklif, mulohazalar bildirildi. Ishlarni sifatli bajarilishi faollar tomonidan nazorat qilib boriladi. Har bir xonadonda obodonlashtirish ishlari olib borish orqali bajariladigan ishlar yanada salmoqli bo‘lishi tushuntirildi.









