#Uchinchi_Renessans_bunyodkorlari #Yangi_marralar_sari
2025-12-19 10:55:00 / Yangiliklar
Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Uchinchi Renessans bunyodkorlari-faol yoshlar e'tirofi” nomli ma’naviy-ma’rifiy hisobot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Uchqo'rg'on tuman hokimi, maktab o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida maktabning "Vatan tayanchi" otryadi a'zolariga a'zolik guvohnomasi va ko'krak nishonlari topshirildi. Shuningdek, fan olimpiadalari, turli tanlovlarda g'olib bo'lgan, yuqori natijalarga erishib kelayotgan o'quvchilar, ularning ustozlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalari topshirilildi.
Bunday e'tirof yosh avlodning yetuk mutaxassis boʻlib voyaga yetishlariga ilhom bagʻishlashi shubhasiz.









