Tumanda 2026 yil hosilini yuqori saviyada ta’minlash maqsadida paxta va g‘allachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
2025-12-17 13:55:00 / Yangiliklar
Yig‘ilishda 2026 yilda g‘alla hosili uchun kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish masalalari muhokama qilindi. Xususan, g‘alla maydonlarini g‘o‘zapoyadan tozalash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, har gektar maydonga 150 kgdan sulfat ammoniy bilan oziqlantirish, shuningdek, sharbat usulida sug‘orish ishlarini tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, 2026 yil paxta hosili uchun ilg‘or va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tomchilatib sug‘orish, kavsar usuli hamda egiluvchan quvurlardan foydalanish orqali suv sarfini kamaytirish va hosildorlikni oshirish masalalari muhokama etildi. Paxta ekishda esa 76x10 sxemada qo‘shqator usulida, plyonka ostiga shinjon usulida xitoy chigitini ekish orqali yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tajribalarni keng joriy etish belgilandi.









