Uchqo‘rg‘onda yangi yil shukuhi
2025-12-16 18:55:00 / Yangiliklar
Uchqo‘rg‘on tumanida yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Tuman markazi va aholi gavjum hududlarda bayramona muhit yaratish maqsadida tungi yoritgichlar o‘rnatilib, ko‘chalar va jamoat joylari zamonaviy bezaklar bilan yangicha qiyofa kasb etmoqda.

Shuningdek, aholining dam olishi va bayram kayfiyatini oshirish uchun maxsus selfi zonalar tashkil etilmoqda. Bayramona dekoratsiyalar bilan bezatilgan ushbu hududlar yangi yilni kutib olish jarayonida fuqarolar uchun chiroyli xotiralar yaratishga xizmat qiladi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar orqali Uchqo‘rg‘onda yangi yil bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rilmoqda hamda tumanda bayramona muhit tobora kuchayib bormoqda.









