Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
2025-09-04 15:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining maslahatchisi Kamoliddin Xudoyberdiyev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan tashkilot, muassasa va idoralarda hujjatlarning davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlarida ish yuritish va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining davlat tilida yuritilishini o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, davlat tilining qo‘llanilishiga oid qonun talablariga rioya etilishini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘rganish ishlari muntazam davom ettiriladi.



