Navbatdagi shaxsiy qabulda 24 nafar fuqaroning murojaati tinglandi
2026-10-13 13:30:00 / Yangiliklar

Bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov haftalik ish rejasiga muvofiq Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabulini o'tkazdi. Qabul davomida 24 nafar fuqaroning turli masalalarga oid 26 ta murojaati tinglandi.
Muloqot jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar va hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bayon etdilar. Har bir murojaat tegishli soha mas’ullari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.
Ayrim masalalar yuzasidan joyida tegishli yechimlar topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi.
Tuman hokimi murojaatlarning har biriga mas’uliyat bilan yondashish, fuqarolar ko‘targan masalalarni qonunchilik talablari asosida hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.






