Oilaviy zo‘ravonlikdan himoyalangan ayol quvonchi
2026-09-26 13:05:00 / Yangiliklar

S.K.2026-yil 14-sentyabr kuni Angor tumani “Novshaxar” mahallasidagi yashash uyida, bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan xotini U.L. bilan shaxsiy kelishmovchilik sababli o‘zaro janjallashib, U.L.ni do‘pposlab, unga sog‘ligining qisqa muddatga yomonlashuviga sababchi bo‘lgan qasddan yengil shikast yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi U.L.ga yengil tan jarohati yetkazilganligi haqida xulosa bergan.
Huquqbuzar S.K. sud majlisida aybiga iqror bo‘lib, 2026-yil
14-sentyabr kuni, Angor tumani “Novshaxar” mahallasidagi yashash uyida, xotini U.L.bilan shaxsiy kelishmovchilik yuzasidan o‘zaro janjallashib, jahl ustida xotini U.L.ni qo‘li bilan urganligi, o‘zi spirtli ichimlik ichganligi uchun o‘zini boshqarolmay qolganligi, oiladagi janjallari spirtli ichimlik ichganligi natijasida sodir bo‘lganligi, bundan keyin spirtli ichimlik ichishni to‘xtatib, tuzalish yo‘liga kirishi, qilmishidan pushaymonlik bildirib yengillik berishni so‘radi.
Jabrlanuvchi U.L. 2026-yil 14-sentyabr kuni eri S.K. o‘zining yashash uyida shaxsiy kelishmovchilik yuzasidan u bilan janjallashib, oyog‘i va qo‘llari bilan uni duch kelgan joyiga urganligi va har xil qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilganligi, eri S.K doimiy ravishda spirtli ichimlik ichib, mast holda oilaviy zo‘ravonlik sodir qilib kelganligi, oilani saqlash uchun hech joyga murojaat qilmaganligi, oxiri majbur bo‘lib tuman IIBga murojaat qilganligi, S.Kga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Sud, huquqbuzar S.K.ning aybdorlik darajasini, huquqbuzarlikni mast holda sodir etganligi, jabrlanuvchining da’vosi borligini inobatga olib, S.Kga O‘zbekiston Respublikasi MJtK 592-moddasining 2-qismi sanksiyasi doirasida ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayol U.L. hozirgi kunda eri S.K. jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng, u tuzalish yo‘liga kirib, spirtli ichimlik ichishni to‘xtatganligi, oilasini moddiy ta’minlash uchun ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanib kelayotganligi, oilasi tinch totuv bo‘lib qolganligi haqida quvonib so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi MJtK 592-moddasining 2-qismiga ko‘ra x592-moddasiga ko‘ra, Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etgan shaxs JKning 1261-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi.
Eng achinarlisi, qonunchilikning mazkur normalaridan ayrim fuqarolarning bexabarligi natijasida bu turdagi huquqbuzarlik va jinoyatlar soni ko‘paymoqda.
Sud amaliyotida ko‘rilgan oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘lik ishlarning aksariyati aybdor shaxsning spirtli ichimlikni ichishga ruju qo‘yganligi, eri hech joyga ishlamasligi natijasida oiladagi moddiy yetishmovchilik, rashk asosida sodir bo‘lgan janjallar tashkil qiladi.
Sudlarda xotin-qizlarga va bolalarga har qanday zo‘rovonlik uchun javobgarlikni muqarrarligi ta’minlash yo‘li bilan ayollar huquqi himoyalanib, oilalarning tinch totuv hayot yo‘liga kirishiga ko‘maklashib, huquqbuzarlarga qonunga itoatkor bo‘lib yashashi ta’minlanmoqda.
Sudya X.J.Raximova
