Fuqarolarning murojaatlariga yechim izlandi
2026-09-15 14:30:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish Termiz tumanida ham tizimli davom ettirilmoqda.
Bugun Termiz tumani Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimligining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Rasulova tomonidan o‘tkazilgan qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, uy-joy, bandlik, sog‘liqni saqlash, kadastr va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq jami 23 ta murojaati tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi joyida ko‘rib chiqilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarini shunchaki tinglash emas, balki har bir masalaga amaliy yechim topish va natijasini ta’minlash bundan buyon ham asosiy vazifa bo‘lib qoladi.






