Shaxsiy qabullar — murojaatlarga manzilli yechim topishning muhim vositasi
2026-09-08 11:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 8-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Shuhrat Qalandarovning fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 26 nafar fuqaroning 28 ta murojaati tinglanib, ularning uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar va boshqa sohalarga oid masalalari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 6 tasi qabul jarayonida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, har bir masalaga manzilli yondashish va qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.








