Termiz tumani hokimining navbatdagi qabuli ishchi tartibda o‘tkazildi
2026-08-18 10:00:00 / Yangiliklar

Xabar berilganidek, Prezidentimizning qarorlarida belgilangan topshiriqlarga muvofiq hokimlar va ularning o‘rinbosarlari tomonidan hafta davomida reja-grafik asosida shaxsiy qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarovning shaxsiy qabuli haftaning seshanba kuniga rejalashtirilgan bo‘lib, Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun mamlakatimizda muhim tadbir – Prezidentimizning tadbirkorlar bilan muloqoti o‘tkazilishi munosabati bilan tuman hokimi shaxsiy qabulini tuman hokimligi binosida ishchi tartibda o‘tkazdi. Unda fuqarolarning bandlik, ijtimoiy himoya, davolanish, uy-joy bilan bog‘liq huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Ko‘tarilgan har bir masalaning yechimi yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilanib, hokimlikning tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan ijrosi nazoratga olindi.
Ma’lumot uchun, keyingi haftadan hokimning shaxsiy qabuli odatiy tartibda tuman Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladi.




