Termiz tumani prokurori Yodgor Bozorovning tuman aholisiga murojaati
2026-08-03 18:20:00 / Yangiliklar

Hurmatli Termiz tumani aholisi!
Yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish barchamizning umumiy vazifamizdir.
Korrupsiya har qanday sohaning rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi, davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli har bir fuqaro korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi, qonunbuzilish holatlariga befarq qolmasligi hamda ular haqida vakolatli organlarga o‘z vaqtida xabar berishi muhimdir.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Bu borada mahalla fuqarolar yig‘inlari, davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari,
jamoatchilik hamda har bir fuqaroning faol ishtiroki hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Aziz tumandoshlar!
Barchangizni qonunlarga hurmat ruhida yashashga, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chorlayman.
Unutmang, tinch va xavfsiz jamiyat, farovon hayot hamda yurtimiz taraqqiyoti har birimizning qonunga hurmatimiz, fuqarolik mas’uliyatimiz va hamjihatligimizga bog‘liq.
