📢 Tumanimiz aholisi va mehmonlari diqqatiga!
2026-05-26 18:25:00 / Yangiliklar

🚍 Qurbon hayiti munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish, fuqarolarning bayram namoziga jamoat transporti orqali o‘z vaqtida va xavfsiz yetib borishini ta’minlash, shuningdek, yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida 27-may kuni jamoat transport vositalari harakati ertalab soat 04:30 dan boshlanadi.
🌙 Bayram tadbirlari davomida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, "Varroq Termiziy" jome masjidi atrofida harakat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish va noxush holatlarning oldini olish maqsadida bugun, 26-may kuni soat 23:00 dan ertaga, 27-may kuni soat 09:00 gacha:
⛔️ Termiz tumani markaziga kirib keluvchi 75V022 avtomobil yo‘lining 1,5-2 kilometr va 0-1 kilometrlari oralig‘ida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
❗️Hurmatli tumandoshlar!
Qurbon hayiti kabi ulug‘ va muqaddas ayyomni tinch, tartibli va bayramona ruhda o‘tkazish uchun masjidlarga kelib-ketishda imkon qadar jamoat transportidan foydalanishni, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni hamda tartibga soluvchi xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘raymiz.
