Xalq qabulxonasida ochiq muloqot: murojaatlar yechimi — doimiy e’tiborda
2026-05-26 11:25:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 13-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, jamoatchilik fikrini chuqur o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida joylarda murojaatlar bilan ishlash tizimi yangi yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda.
Shu maqsadda bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tuman Xalq qabulxonasida aholi bilan navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul davomida ijtimoiy himoya, uy-joy, bandlik, sog‘liqni saqlash, kadastr, pensiya va nafaqalar, oilaviy masalalar hamda kommunal xizmatlarga oid murojaatlar ko‘rib chiqilib, qator masalalar bugunning o‘zida ijobiy hal etildi. Jumladan, Yangihayot mahallasida yashovchi fuqaroning tomorqa uchun oqava suvlari chiqarib berish masalasidagi murojaati mas’ullar tomonidan qabuldan so‘ng, joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli tashkilot va mas’ullarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi tuman shtabi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar — muammolarni joyida hal etish, fuqarolarning ishonchini mustahkamlash hamda xalq bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi qabullar muntazam ravishda davom ettiriladi.






