Tashxislash va fizioterapiya bo‘limi faoliyati va sharoitlari o‘rganildi
2026-04-09 15:50:00 / Yangiliklar

Aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishda to‘g‘ri tashxis qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘limlarni tashkil etish soha rivojining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tez tibbiy yordam bo‘limining sobiq binosini rekonstruksiya qilish orqali tashkil etilgan tashxislash va fizioterapiya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Bo‘lim ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy tashxislash-diagnostika, mammografiya hamda fizioterapiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
Tuman rahbari bo‘limdagi mavjud muammolarni o‘rganib, bino atrofini o‘rash, yangi sanitar shoxobcha qurish ishlari mahalliy byudjet mablag‘lari hisobdan amalga oshirilishini ma’lum qildi.





