Payshanba – Yoshlar kuni: Termiz tumanida sport musobaqalari o‘tkazildi
2026-03-05 11:25:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanib, bu kunda mas’ul rahbarlar mahallalar, maktab va texnikumlarga borib, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, ularning fikr va takliflarini eshitib, muammolarini hal etish vazifalari topshirilgan.
Mazkur tashabbus ijrosi doirasida bugun Termiz tumanida ham “Yoshlar kuni” tadbirlari tashkil etildi. Xususan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etilgan tadbirlar yoshlar o‘rtasida shaxmat-shashka va minifutbol bo‘yicha sport musobaqalari bilan boshlandi.
Tadbirda Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov va tuman prokurori Yodgor Bozorov ishtirok etib, musobaqalar jarayoni bilan tanishdi hamda yoshlarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va o‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.






