Yer uchastkalarini realizatsiya qilishda zamon talablari muvofiqlashtirilmoqda
2025-09-11 13:40:00 / Yangiliklar
VMning 2025-yil 4-sentabrdagi 559-sonli qarori bilan elektron auksionlar orqali yer uchastkalarini sotish va kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini takomillashtirish bo'yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Unga ko‘ra:
- kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolarga chiqarishda ushbu sanoat va tadbirkorlik zonalari direksiyalari buyurmachi hisoblanishi;
- olis va cho‘l hududlarda tashkil etiladigan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer uchastkalari 2025-yil 5-sentabrdan boshlab “1 so‘m” xarid qiymatida auksionga chiqarilishi belgilandi.
Shuningdek, Soliq qo‘mitasining QQS to‘lovchi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron axborot tizimi “E-auksion” elektron onlayn-auksion savdo platformasiga integrasiya qilinadi.
Batafsil👉bu yerda (https://gov.uz/oz/qashqadaryo/news/view/85066)👈

