DIQQAT PASPORTINGIZNING AMAL QILISH MUDDATIGA EʼTIBOR BERING!
2025-05-21 12:45:00 / Yangiliklar
Amal qilish muddati o‘tgan pasportni 1 oy ichida almashtirmaganlarga jarima belgilanadi!
PF-4262-sonli Prezident farmoniga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida”gi nizomning 11-bandiga ko‘ra:
Fuqaro pasportining amal qilish muddati tugaganidan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili yoki millati o‘zgargan taqdirda pasportini 1 oy ichida ID-kartaga almashtirishi shart.
Amal qilish muddati o‘tgan biometrik pasportni o‘z vaqtida ID-kartaga almashtirmagan fuqaro — haqiqiy bo‘lmagan hujjat bilan yashagan hisoblanadi va MJtKning 223-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Bunday holatda fuqaroga BHMning 3 baravari, ya’ni 1 125 000 so‘mgacha jarima solinadi.
Shahrisabz shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi


