Shahrisabzda yirik parrandachilik loyihasi amalga oshirilmoqda
2026-10-26 16:30:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev mas’ullar bilan birgalikda “Eko Konserva Baraka” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan parrandachilik loyihasini ko‘zdan kechirdi.
Qiymati 5 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida har biri 45 ming bosh parranda boqishga mo‘ljallangan 3 ta bino qurilmoqda. Ayni paytda Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha ishga tushirilishi parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.






