Shahrisabzda sut mahsulotlari ishlab chiqarish kengaytiriladi
2026-10-26 16:00:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev mas’ullar bilan birgalikda “Lazzat Pishloq” MCHJda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi bilan tanishdi.
Qiymati 10 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida sut va sut mahsulotlari, jumladan, pishloq ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilgan. Natijada 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
O‘rganish davomida loyihaning amalga oshirilish holati va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.




