SHAXSIY QABULLAR: MUROJAATLAR YECHIMIGA E’TIBOR QARATILDI
2026-10-16 15:30:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar hokimi o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabullarda fuqarolarning kundalik hayoti bilan bog‘liq muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi.
Shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Umar Abdusalimov qabulida yo‘l, uy-joy, qurilish va kommunal xizmatlarga oid masalalar asosiy o‘rin tutdi. Hududlarni obodonlashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar ham muhokama qilinib, tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha shahar hokimi o‘rinbosari Azamat Sultonov bilan muloqotda esa bandlik, ta’lim va ijtimoiy yordam masalalariga e’tibor qaratildi. Har bir murojaat bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatish yo‘llari muhokama qilindi.
Qabullar davomida ayrim murojaatlar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

