XOTIN-QIZ TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-10-16 10:10:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar hokimligi majlislar zalida xotin-qiz tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda Shahrisabz shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Muhayyo Almirzayeva, “Asakabank” Ekspert tahlil departamenti eksperti Samandar Yusupov hamda bankning viloyat vakillari — Kichik biznes bo‘limidan Yunusbek Otamurodov va Chakana xizmatlar bo‘limidan Nurillo Ne’matov ishtirok etdi.
Muloqot davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes faoliyatini kengaytirish, loyihalarini moliyalashtirish va bank xizmatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatida duch kelayotgan muammolar va takliflarini bildirdi.
Bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish tadbirkor xotin-qizlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va banklar bilan hamkorligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.



