Rasmiy munosabat
2026-04-25 09:00:00 / Rasmiy munosabat
Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda yordam so‘rab murojaat qilgan Shahrisabz shahar, Qorasuv mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ziyatov Odilning tanqidiy murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Ziyatov Odil muqaddam 2 marotaba sudlangan. U tomonidan oila a’zolariga nisbatan bir necha bor tazyiq va zo‘ravonlik holatlari sodir etilganligi sababli, uning oila a’zolari va farzandlari yashash manzilini tark etgan.
Shuningdek, Ziyatov Odilga tegishli tashkilotlar tomonidan bir necha bor moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, shahar hokimi tavsiyasiga asosan savdo do‘koni qurib berilgan. Shunga qaramasdan, u tomonidan soliqlarni to‘lamasdan daromad olish holatlari kuzatilgan.
Mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqaro doimiy ravishda moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelinmoqda. Bundan tashqari, PQ-134-sonli qaror asosida bir martalik 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.


