Prezident tashabbusi amalda! Ta’lim muassasalari taqdimot o‘tkazdi
2026-03-19 22:50:00 / Yangiliklar

Shahrisabz shahrida ham mavjud ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmoni va PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion startap loyihalarga jalb etish, “Kelajak tadbirkori” dasturi, dual ta’lim tizimini rivojlantirish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Shahrisabz shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Turizm va madaniy meros texnikumi, 1–2-sonli politexnikumlar, 3-son Ko‘ika texnikumi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumi rahbarlari tomonidan joriy yilda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot tadbirini olib borgan shahar hokimi Sh. Bo‘riyev loyihalar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi





