RASMIY MUNOSABAT
2026-03-02 23:45:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahridagi Oqsaroy me’moriy yodgorligi xiyoboniga kirish pullik etib belgilangani yuzasidan tanqidiy mazmundagi post tarqalganligi ma’lum bo‘ldi.
Havola orqali ko‘rsatilgan mazkur post hozirda Instagram sahifasidan o‘chirib tashlanganligi sababli aniqlanmadi. (https://www.instagram.com/p/DVDt8vojLTa/) Shunga qaramay, bildirilgan masalada O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIY MEROS AGENTLIGI
“SHAHRISABZ” DAVLAT MUZEY – QO‘RIQXONASI shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, muzeylar faoliyatini rivojlantirish va sohani raqamlashtirish, shuningdek, xorijiy hamda ilg‘or tajribalarni inobatga olgan holda muzeylar va moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash nazarda tutilgan.
Mazkur tartib asosida amalga oshirilayotgan xizmatlar belgilangan qonunchilik doirasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, madaniy meros obyektlarini asrash va saqlash, ularning infratuzilmasini yaxshilash hamda tashrif buyuruvchilarga qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Shahrisabz shahar hokimligi
Matbuot xizmati

