Hokimlik soati: muhim vazifalar belgilandi
2026-03-24 19:35:00 / Yangiliklar

Hokimlik soati: muhim vazifalar belgilandi
Viloyat hokimligida o‘tkazilgan “Hokimlik soati”da ko‘rib chiqilgan masalalar ijrosi yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uni shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev olib bordi.
Yig‘ilishda muammoli kreditlarni kamaytirish va banklar balansidagi mulklarni sotish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kuchaytirish, eksport rejalari ijrosini ta’minlash vazifalari belgilandi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, ularni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek xotin-qizlar va bolalar himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.



